Futbol boʻyicha mamlakat turniri
Poytaxtimizdagi respublika futbol assotsiatsiyasi sunʼiy qoplamali maydonida 2001-2005 yillarda tugʻilgan bolalar oʻrtasida respublika turniri boʻlib oʻtmoqda.
Poytaxtimizdagi respublika futbol assotsiatsiyasi sunʼiy qoplamali maydonida 2001-2005 yillarda tugʻilgan bolalar oʻrtasida respublika turniri boʻlib oʻtmoqda.Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan (Surxondaryo viloyatidan tashqari) 13-17 yoshdagi bolalar ishtirok etmoqda. Ayni kunlarda 2001-yilda tugʻilgan yosh futbolchilar oʻzaro bahslashmoqda. 17 yoshli bolalar musobaqasi 20-sentyabrga qadar davom etadi. 25-30 sentyabr kunlari esa 2002-yilda tugʻilgan bolalar bahsga kirishadi. 2003-yilda tugʻilganlar 20-25 oktyabr, 2004-yillar 8-13 oktyabr, 2005-yillar esa 5-10 noyabr kunlari musobaqada qatnashadi.

