Fuqaroning bandligini taʼminlaşga kömaklaşildi
Qaşqadaryo viloyatida aholi bandligini taʼminlaş, fuqarolarning özini özi band qilişi va daromad manbaini şakllantirişiga kömaklaşiş borasida qator loyihalar amalga oşirilmoqda.
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining Qaşqadaryo viloyat hududiy bölinmasi tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovi doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qaşqadaryo viloyat bölimi tomonidan Qarşi şahridagi “Ğafur Ğulom” mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi fuqaroning bandligini taʼminlaşga qaratilgan loyiha amalga oşirildi.

Loyihadan közlangan asosiy maqsad fuqaroning mehnat faoliyatini yölga qöyişi, daromad topiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda özini özi band qilişini qöllab-quvvatlaşdan iborat.
Belgilangan vazifalar ijrosi doirasida fuqaroga mustaqil mehnat faoliyatini boşlaşi uçun zarur texnik vositalar olib berildi. Bu esa uning mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanişi, kasbiy faoliyatini rivojlantirişi va kelgusida barqaror daromad manbaiga ega bölişi uçun muhim asos böladi.

Mazkur loyiha aholi bandligini taʼminlaş, fuqarolarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş va mahallalarda ijtimoiy qöllab-quvvatlaş işlarini kuçaytirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Ölmas Barotov,
ÖzA muxbiri