Fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi
Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Dauletiyar Xudaybergenov tomonidan fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi.
Unda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, moddiy yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid murojaatlar tinglandi. Fuqarolarning murojaati ko‘rib chiqilib, ularga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Amaliy yechim talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultonovaning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Qabulda fuqarolarning uy-joy, bandligini ta’minlash va huquqiy yordam masalalaridagi murojaatlari batafsil ko‘rib chiqildi.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlar yuzasidan shu joyning o‘zida tegishli tashkilot va idoralar bilan birgalikda qonun doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi.
G.Boboyeva,
O‘zA