Fransuzlar sportga oshno
Parij aholisining aksariyati kun davomida jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishni odat qilgan. Safarimiz davomida bunga guvoh boʻldik. Yoshidan qatʼiy nazar aksariyat odamlar Sena daryosi boʻyida yugurish mashqlari bilan mashgʻul.
Parij aholisining aksariyati kun davomida jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishni odat qilgan. Safarimiz davomida bunga guvoh boʻldik. Yoshidan qatʼiy nazar aksariyat odamlar Sena daryosi boʻyida yugurish mashqlari bilan mashgʻul.Ular kunning maʼlum qismida oʻzi uchun ajratilgan vaqtdan foydalanib, jismoniy mashqlarni kanda qilmas ekan. Sena daryosi boʻyida tashkil qilingan maxsus sport maydonchalarida turli sport jihozlari oʻrnatilgan.
– Bu maxsus jihozlardan hamma bemalol foydalanishi mumkin, – deydi Molli Aruum (mehmonxona xodimi). – Kunning istalgan vaqtida kelib jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish imkoni bor. Men har kuni bir soat mashq qilaman. Bu ham sogʻligʻim uchun foydali, ham ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.




A.Oʻrozov,
OʻzA muxbiri
Parij shahri.