Fransiyada muddatidan oldin parlament saylovi
Bugun Fransiyada Milliy Assambleyaga muddatidan oldin saylov bo‘lib o‘tyapti. Bu haqda Prezident Emmanuel Makron Yevropa parlamentiga saylovdagi mag‘lubiyatdan so‘ng e’lon qildi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, saylovning birinchi bosqichida mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da ochilgan, 18:00 gacha ishlaydigan uchastkalarda 49,3 millionga yaqin kishi ovoz berish huquqiga ega.
Mavjud 577 nafar deputat o‘rnidan mutlaq ko‘pchilikni egallash uchun 289 joyni olish kerak. Oxirgi chaqiriqda Makronning alyansi bor-yo‘g‘i 250 o‘rin olgani uchun qonun loyihalarini tasdiqlashda boshqa partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha muzokara olib borishi kerak edi.
Tartibga ko‘ra, nomzod birinchi turda saylovchilarning 25 foizdan ko‘p ishtiroki bilan ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritsa, darhol parlamentdan o‘rin oladi. Agar hech kim saylanmasa, 7 iyulga belgilangan ikkinchi tur o‘tkaziladi.
Ma’lumki, Fransiyada Yevropa parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovda o‘ta o‘ng “Milliy ralli” partiyasi g‘alaba qozondi. Aynan mana shu guruh endi qancha o‘ringa ega bo‘lishi tadbirning asosiy intrigasi sifatida ko‘rilyapti.
Saylovda “Yangi xalq fronti” chap qanot partiyalari uyushmasi, “Birgalikda” koalitsiyasi, xususan Makron asos solgan “Uyg‘onish” partiyasi, shuningdek o‘ng qanot “Respublikachilar” partiyasi ham ishtirok etyapti.
Atigi 20 kun davom etgan saylov kampaniyasi qizg‘in bahs-munozaralar bilan kechib, o‘ng qanot populistlari ham, so‘l qanot “Yangi xalq fronti” ham “Saylov oldi va’dasini moliyalashtira olmasliklari mumkin” qabilidagi ayblovga uchradi.
Oxirgi saylov oldi so‘roviga ko‘ra, Milliy miting birinchi turda deyarli 40 foiz ovozga umid qilishi mumkin. Bu natija partiyaga quyi palatada taxminan 250-280, ya’ni mutlaq ko‘pchilik uchun zarur 289 dan kam joy berishi mumkin. Ikkinchi o‘rinni, ehtimol, chaplar, uchinchi o‘rinni esa “Birgalikda” koalitsiyasi egallaydi.
Binobarin, muddatidan oldin saylov 2027 yilgacha lavozimida qoladigan Makronning prezidentligiga ta’sir qilmaydi. Agar saylovdan keyin o‘ng qanot populistlar parlamentda mutlaq ko‘pchilikni qo‘lga kiritsa, partiya yetakchisi Jordan Bardellani hukumat rahbari qilishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida “Yo‘q!” partiyasi sobiq yetakchisi Le Pen uchun 2027 yil prezidentlik sari yo‘l ochishi mumkin.
Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin parlament saylovidan keyin tartibsizlik yuzaga kelishi ehtimolidan ogohlantirdi.
– Ovoz berishning birinchi bosqichi oqshomi va shubhasiz, ikkinchi tur yakuniy natijasi e’lon qilinganda, o‘ta chap va o‘nglar bu imkoniyatdan qandaydir tartibsizlik hosil qilish uchun foydalanishi mumkin, – dedi Darmanin “France Info” nashriga.
Mulozim “agar o‘ta o‘ng yoki o‘ta chap partiya hokimiyatga kelsa, sentyabr oyida, siyosiy yozgi tanaffusdan keyin “o‘ta jiddiy tartibsizlik” yuz berishidan jiddiy xavotir bildirgan.