Fransiyada dunyoga mashhur yozgi festivallar davom etmoqda
Fransiyada dunyoga mashhur yozgi festivallar davom etmoqda.
"France24" nashri fransuz yozgi festivallari haftaligi haqida ma’lumot berdi.
Bu yil tadbirlarda cheklovlar joriy etilgan, deyiladi xabarda.
1 000 dan ortiq odam ishtirok etayotgan yopiq hamda ochiq tadbirlarda emlanganlik, tuzalganlik yoki virusga qarshi holatni tasdiqlovchi sog‘liqni saqlash sertifikatlari talab qilinadi.
Sog‘liqni saqlash hujjatlari majburiy bo‘lmagan kichik tadbirlarda tibbiy niqob taqish majbur qilib belgilangan.
Tadbir doirasida tashkil etilgan Avinon festivali dushanba kuni Anton Chexovning "Olcha bog‘i" spektakli bilan ochildi. 5 iyul kuni boshlangan teatr festivali 25 iyulgacha davom etadi.
Dunyoga mashhur Kann kinofestivali direktori Terri Fremo jurnalistlarga 12 kunlik tadbirning bu yilgi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.
"Kinofestival dastlab ma’lum muddatga qoldirildi, so‘ngra o‘tgan yili bekor qilindi. 2020 yil kino uchun og‘ir davr bo‘ldi, ammo kino o‘lmadi", dedi u.
Pandemiya davridagi kinofestivallar uchun odatiy virtual namoyish davom etadi. Festivalda yigirma to‘rtta film "Oltin palma" uchun saralanadi.
6 -17 iyul kunlari Kann kinofestivali bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 8-18 iyul kunlari Musiqa festivali, 4 iyuldan 26 sentyabrgacha esa fotosurat festivali o‘tkaziladi.