Fotoreportaj: Endi navbat eksportga
Samarqand tumanida 2017-yilda faoliyat boshlagan “Inter kristal savdo servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida turli o‘lchamdagi 10 xil metall quvur va 16 turdagi profil ishlab chiqarilmoqda.
Samarqand tumanida 2017-yilda faoliyat boshlagan “Inter kristal savdo servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida turli o‘lchamdagi 10 xil metall quvur va 16 turdagi profil ishlab chiqarilmoqda.–Xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiya yordamida oyiga 3,5-4 ming tonna mahsulot tayyorlayapmiz, - deydi korxona rahbari Sherzod Ma’rupov. – Qisqa fursatda ichki bozorda o‘z xaridorlarimizni topdik va yurtimizning turli hududlariga buyurtma asosida mahsulot yetkazib beryapmiz. Joriy yildan eksportni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz.
Ayni paytda korxonada 60 ga yaqin ishchining doimiy bandligi ta’minlangan.



