Firibgarning siri fosh boʻldi
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi Ibn Cino nomidagi mahallada yashovchi Latif Shodiyev (ism-shariflar oʻzgartirildi) toʻrt yigitni Janubiy Koreyaga ishga joʻnatishni quyuq vaʼda qilib, ularni chuv tushiradi.
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi Ibn Cino nomidagi mahallada yashovchi Latif Shodiyev (ism-shariflar oʻzgartirildi) toʻrt yigitni Janubiy Koreyaga ishga joʻnatishni quyuq vaʼda qilib, ularni chuv tushiradi.
Xorijda ishlab, yirik sarmoya topishni rejlashtirgan jabrlanuvchilar L.Shodiyevning vaʼdalari yolgʻon ekaniga ishonch hosil qilgach, bu haqda ichki ishlar idorasiga murojaat etadi. Shundan soʻng masalani oʻrgangan qonun posbonlari joriy yilning yanvar-aprel oyida u mahalladosh tengqurlari 23 yoshdagi Abbos Saidovdan 1000, Soli Toʻrayevdan 1 ming 500, tumandagi Muqimiy nomli koʻchada yashaydigan Nizom Haydarovdan 2 ming 500 va Koʻklam mahallasilik 22 yoshdagi Jahon Valiyevdan 1000 dollar olib, bu pullarni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani aniqlanadi.
– Yana bir holatda esa yengil avtomashina savdosi bilan bogʻliq shu turdagi jinoyat sodir etilgani malum boʻldi, – deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, kapitan F.Toshboyev. –Shoʻrchi tumani Tula mahallasida yashaydigan Poʻlat Hakimov Denov tumanidagi Shamolli mahallasilik Aziz Allayevga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasini 19 million 600 ming soʻmga savdolashib, oʻsha kuni unga 11 million soʻm pulni naqd sanab beradi. Qolgan pulni oʻsha yil oktyabr oyiga qadar berishga kelishadi. Biroq, P.Hakimov belgilangan muddatda qolgan pulni ham berganida A.Allayev undan qoʻshimcha 15 million soʻm pul talab qiladi. Bir necha yillik tortishuvga sabab boʻlgan bu ish bilan endilikda huquq-tartibot idoralari shugʻullanib, qonuniy toʻxtamga keladi.
Ayni paytda har ikki holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv olib borilmoqda.