Fikrsiz aqlning zangi boʻladi...
Inson yashar ekan, atrof-muhitga oʻzining odil va oqilona munosabatlarini bildirish bilan birga, shu jarayonlarga bevosita aloqador boʻlib xizmat qiladi.
Inson yashar ekan, atrof-muhitga oʻzining odil va oqilona munosabatlarini bildirish bilan birga, shu jarayonlarga bevosita aloqador boʻlib xizmat qiladi. “Bir xil fikrlash, bu — fikrlamaslik, fikrlash esa shaxsiy jarayon”, deydi mutafakkirlarimiz. Mana ikki oy davomida taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, BMT bolalar jamgʻarmasi, YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Xalq taʼlim vazirligi mutasaddilari hamkorligida maktab oʻquvchilarining bilim va koʻnikmalarini sinash, ular orasida mustaqil fikrlaydigan iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Nima deb oʻylaysiz...? ” ruknidagi insholar tanlovi respublikamiz boʻylab keng miqyosida oʻtkazildi.
Shu va shu kabi tanlovlar va tadbirlar karantin sharoitida bizning boʻsh vaqtimizdan unumli foydalanishga, oʻqib izlanishga, mustaqil fikrlarimizni yozma bayon etishga undadi. Olti yoʻnalishda olib borilgan jami 7000ga yaqin oʻquvchilar ishtirok etgan, maqsadi yoshlarni erkin fikrlashga oʻrgatish, mustaqil muammolarni yecha oladigan, kreativ fikrli yoshlarni aniqlashga qaratilgan insholar tanlovi oʻz navbatida yurtimizning yangi- yangi iqtidor va isteʼdod egalarini kashf etdi. Oxirgi olti oy davomida dunyo siyosatidagi keskin oʻzgarish, insonlarni karantin degani faqat uyda qolish emas, balki men va men kabi oʻquvchi yoshlar pandemiya davrida uyda qolib, vaqtdan unumli foydalanish.
Oʻttiz sakkizta yaxshi deb topilgan insholar, bitta ragʻbatlantiruvchi oʻrin, toʻqqizta gʻolib ichidan ikkinchi oʻrinni olishim bu mening emas, avvalo, taʼlim maskanimdagi mehnatkash, jonkuyar ustozlarimning bergan yetarlicha bilim va koʻnikmalarining natijasidir. Vazirlar mahkamasi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbayevbildirgan tabriklari biz yoshlarga berilgan yuksak ishonch, menga katta ilhom beradi. YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Dipa Shankar xonimning Taʼlim inspeksiyasiga ushbu tanlov hamkorlikda tashkil qilingani uchun minnatdorchilik bildirar ekan, videokonferensiya toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilayotganidan foydalanib barcha ishtirokchilarga, Oʻzbekiston yoshlariga bildirgan tabriklari, har birimizning koʻnglimizga faxr tuygʻusini uygʻotdi. Kelajak erinchoq, dangasalar qoʻlida emas, oʻz sohasining bilimdonlari, yetuk mutaxassislar qoʻlida boʻlishi kerak. Ertadan degan gapni qoʻying, izlanishlarni bugundan, hozirdan boshlang! Hazrat Bedil bobom aytganlaridek:
Fikrsiz aqlning zangi boʻladi,
Ilm-la egovla yangi boʻladi.
Oynadan ibrat ol bir kun artmasang,
Ustida bir enlik changi boʻladi.
Nafisa Abralova, JDPI akademik litseyi oʻquvchisi