Figurali uchish bo‘yicha Olimpiada g‘olibi - endi bokschi
Figurali uchish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni Alina Zagitova ayni payt boks bilan shug‘ullanmoqda. U joriy yil davomida ushbu sport turi bo‘yicha bir necha ko‘rgazmali mashg‘ulotda ishtirok etdi.
“championat.som” sayti Alinaning navbatdagi jangi sanasi haqida xabar tarqatdi. Zagitovaning boksdagi ilk raqibi qo‘shiqchi va bloger Olga Buzova bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi bahs kelgusi yil 9 martga mo‘ljallandi.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA