FIFA sammitida Oʻzbekiston vakili ham qatnashadi
Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun bugun Qatar mamlakatiga joʻnab ketdi.
Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun bugun Qatar mamlakatiga joʻnab ketdi.11-13 dekabr kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida FIFAga aʼzo 5ta konfederatsiyadan 50ta mamlakat vakillari turli masalalarni muhokama qilishadi. Mazkur mamlakatlar qatorida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ham FIFA sammitiga taklif etilgani quvonarli, albatta. Doxa shahri 2017 yilning fevral oyida ham FIFA sammitiga mezbonlik qilgandi. Bu Doxadagi FIFAning ikkinchi sammiti boʻladi, deya xabar bermoqda OʻFA matbuot xizmati.
Qatardagi sammitda FIFA tomonidan tashkil etilayotgan musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilinib, tashkiliy qoʻmita hisobotlari tinglanadi. Shuningdek, FIFAga aʼzo futbol assotsiatsiyalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilinadi. Bundan tashqari, VAR tizimini rivojlantirish boʻyicha amaliy takliflar koʻrib chiqiladi.
“FIFAga aʼzo futbol assotsiatsiyalari vakillari bilan tez-tez uchrashib turish juda ham muhim. Mazkur uchrashuvlar davomida ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularga amaliy yordam berish chora-tadbirlari koʻrib chiqiladi. FIFA sammitlari orqali butun dunyo futbolidagi global muammolarni hal etishga harakat qilamiz”, - deya oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi FIFA prezidenti Janni Infantino boʻlajak sammit haqida.