FIFA JCh-2026 eng chiroyli golini aniqladi: Kabo-Verde vakili g‘olib bo‘ldi, Eldor Shomurodov kuchli uchlikka kirdi
Afrikalik futbolchining ushbu goli ovoz berish jarayonida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov hamda Gaiti vakili Vilson Izidorning gollarini ortda qoldirdi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rasmiy saytida 2026 yilgi Jahon chempionatining eng chiroyli goli muallifi nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Kabo-Verde terma jamoasi himoyachisi Sidni Kabralning Argentina darvozasiga urgan to‘pi turnirning eng go‘zal goli deb tan olindi.
Turnirning 1/16 final bosqichida Kabo-Verde qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. O‘yinning 103-daqiqasida Kabral jamoasining ikkinchi golini kiritib, hisobni tenglashtirgan va muxlislarda ulkan taassurot qoldirgan edi.
Afrikalik futbolchining ushbu goli ovoz berish jarayonida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov hamda Gaiti vakili Vilson Izidorning gollarini ortda qoldirdi.
«O‘yindan so‘ng menga Marselodan xabar keldi. U mening asosiy kumirlarimdan biri hisoblanadi. U menga turnirdagi eng yaxshi gol uchun ovoz berganini aytdi! Bunga ishona olmadim», — dedi 23 yoshli Kabral o‘z taassurotlari bilan bo‘lishib.