“FIDE” reytingida shaxmatchilarimizning o‘rni qanday?
Xalqaro shaxmat federatsiyasining e’lon qilgan oylik reytingida mamlakatimizning eng kuchli 3 shaxmatchisi kuchli 100 talikdan joy oldi.
Umidli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov 2725 ochko jamg‘argan holda jadvalning 24-pog‘onasidan o‘rin egallagan bo‘lsa, Rustam Qosimjonov 2673 ochko bilan 67-o‘rinni qayd etdi. Shuningdek, reytingning 82-o‘rnida Javohir Sindorov 2659 ochko bilan bormoqda.
Eng kuchli 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar yuzligida Nodirbek Abdusattorov 2725 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. Javohir Sindorov 2659 ochko bilan 9-pog‘onadan joy oldi. Ushbu jadvalning 81-o‘rnini Muhiddin Madaminov — 2471ochko bilan band etdi.
Mazkur yosh toifasidaa qizlar reytingida Afruza Hamdamova 35, Umida Omonova esa 40 pog‘onadan joy oldi.
Rapid yo‘nalishida esa vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:
26. Nodirbek Abdusattorov — 2703.
58. Rustam Qosimjonov — 2648.
Rapid bo‘yicha 20 yoshgacha shaxmatchilar kuchli 100 taligi:
3. Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2703.
7. Javohir Sindorov (2005) — 2596.
54. Muhiddin Madaminov (2006) — 2415.
Rapid bo‘yicha 20 yoshgacha qizlar kuchli 100 ligi:
14. Umida Omonova (2006) — 2215.
37. Afruza Hamdamova (2009) — 2112.
Blits yo‘nalishi:
25. Nodirbek Abdusattorov — 2708.
Blits bo‘yicha xotin-qiz shaxmatchilar reytingi
43. Umida Omonova (2006) — 2320.
59. Afruza Hamdamova (2009) — 2295.
Blits yo‘nalishida 20 yoshgacha shaxmatchilar kuchli 100 ligi:
3. Nodirbek Abdusattorov (2004) — 2708.
11. Javohir Sindorov (2005) — 2602.
28. Muhiddin Madaminov (2006) — 2491.
Blits yo‘nalishida 20 yoshgacha qizlar kuchli 100 ligi:
5. Umida Omonova (2006) — 2320.
8. Afruza Hamdamova (2009) — 2295.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA