Feyk xabarlar terrorizmdan ham xavfliroq
Bugungi kunda feyk xabarlarning avj olishi, toʻgʻri axborotga boʻlgan talabni kuchaytirmoqda.
Bugungi kunda feyk xabarlarning avj olishi, toʻgʻri axborotga boʻlgan talabni kuchaytirmoqda.
Bir necha yil avval futurologlar taxmin qilganidek bugungi kunda toʻgʻri axborot xuddi neft singari qadrlanmoqda.
AQSHning “Gallup” va “Knight Foundation” jamgʻarmalari axborot boʻyicha aholining qarashlarini oʻrgandi.
Aholi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga asosida “Amerika 2020-yilga nazar: ishonch, OAV va demokratiya” nomli risola tayyorlangan. Soʻrovnomada AQSHning 20 ming nafar aholisi qatnashgan. Natijaga koʻra qatnashganlarning beshdan toʻrt qismi internetdagi dezinformatsiyani jiddiy muammo, deb hisoblaydi.
Respondentlarning toʻrtdan uch qismi (73 foizi) esa yirik texnologik kompaniyalar internetda yolgʻon, feyk axborotlarni oldini olish vositasini topishlarini taklifini kiritgan.
Soʻrovnomada qatnashgan 49 foiz odamlar xabarlar siyosiy tashviqotlardan holi emasligidan shikoyat qilgan.
2019-yilda oʻtkazilgan soʻrovnomada amerikaliklar feyk xabarlarni terrorizmdan ham xavfli deb baholashgandi.