Fermerning giyohvand ishchisi...
Giyohvandlik – narkotik moddalarga oʻrganib qolish, aniqrogʻi, tabiiy yoki zaharli sintetik moddalarni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Giyohvandlik – narkotik moddalarga oʻrganib qolish, aniqrogʻi, tabiiy yoki zaharli sintetik moddalarni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik tanada va ruhiyatda jiddiy oʻzgarish yuz berishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Bu esa oʻz navbatida, nafaqat giyohvandga, balki butun jamiyatga koʻplab zarar yetkazadi.
Toshloq tumanidagi “Nurli-Shohrux-Shahboz diyori” nomli fermer xoʻjaligida ishlab kelayotgan D.X.ning narkotik moddalarga oʻrganib qolishi, uni giyohvand moddalarni qidirib topib, oʻz nafsini qondirishga undaydi.
D.X 2019-yil dekabr oyi oʻrtalarida Toshloq va Quva tumanlari hududlari kesishgan joydagi dala yerlari chetida qarovsiz va yovvoyi holda oʻsib yotgan yovvoyi kannabis (nasha) oʻsimliklari orasidan bir toʻpini kelgusida oʻzi isteʼmol qilishi uchun barg va boshoqlarini yigʻishtirib, yashab kelayotgan uyiga tashib, olib kelib uyining hovli tomonidagi bostirmasi tagiga joylab qoʻygan somon presslar ustiga quritish uchun qoʻyib, oʻsha yerda qonunga xilof ravishda saqlab kelgan.
2020-yil 29-yanvar kungi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning olib borgan tezkor tadbiri davomida D.X. bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, unga agarda yashash xonadonida qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan giyohvandlik vositalari boʻlsa, ularni ixtiyoriy ravishda topshirgan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantiruvchi normalar qoʻllanilishi mumkinligi tushuntirilganda D.X. IIB xodimlariga oʻzi isteʼmol qilishi uchun dalalardan yigʻishtirib olib kelib, somon presslar ustiga quritish uchun qoʻyib, saqlab kelayotgan kannabisga oʻxshash oʻsimlik barg va boshoqlarini taqdim etgan. Taqdim etilgan oʻsimlik barg va boshoqlari IIB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshirib koʻrish uchun olingan.
Oʻtkazilgan sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida fuqaro D.X. tomonidan qonunga xilof ravishda saqlab kelingan va undan tekshirib koʻrishlik uchun olingan oʻsimlik barg va boshoqlari, yashil sargʻish rangli, oʻziga xos hidga ega boʻlgan tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud boʻlgan “Marixuana” deb ataluvchi giyohvand vositalar turkumiga kirishi, uning quritilgan holdagi sof ogʻirligi 65 (oltmish besh) grammni tashkil etishi tasdiqlagan.
Shuningdek, fuqaro D.X.da “giyohvandlik nasha, surunkali alkogolizm
2-bosqichi asorati” aniqlangan.
Sud D.X.ga nisbatan jazo tayinlashda u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini eʼtiborga olish bilan birga uning pushaymonligini, oilaviy sharoitini, muqaddam sudlanmaganligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida dastlabki tergov davrida qilmishiga iqror va pushaymonligi va boshqa holatlarni eʼtiborga olib, uning axloqan tuzalishi uchun yetarli boʻlgan modda sanksiyasida nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jarima jazosini tayinladi hamda D.X.ga nisbatan narkologik ekspertiza xulosasiga asosan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻlladi.
A.Habibullayev, J inoyat ishlari boʻyicha
Toshloq tuman sudining raisi.
H.Omonov , sudya yordamchisi