Fergyuson: «Mourinyo ko‘z yosh bilan menga qo‘ng‘iroq qilib, “Manchester Yunayted” taklifini rad etdi»
Natijada Mourinyo 2013-yilda «Chelsi» bosh murabbiyiga aylangan.
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson 2013-yilda Joze Mourinyo uning o‘rnini egallashga tayyor bo‘lganini tasdiqladi. Biroq portugaliyalik mutaxassis yakunda «Chelsi»ni tanlagan.
«Ha, klub haqiqatan ham Joze Mourinyoga ish taklif qilgan. Biz u bilan gaplashdik va men unga vaziyatni tushuntirdim. O‘sha paytda tushunishim bo‘yicha, Joze taklifga rozi bo‘lgandi. Ammo bir necha soat ichida hammasi o‘zgarib ketdi.
Bir kuni kechqurun Joze menga qo‘ng‘iroq qildi va ko‘z yosh bilan: “Aleks, men bu taklifni qabul qila olmayman. Men allaqachon «Chelsi»ga so‘z berganman va va’damni buza olmayman”, dedi.
Men uning sababini tushundim, ammo baribir hafsalam pir bo‘ldi», — deya Fergyusonning so‘zlarini keltirdi BBC.
Natijada Mourinyo 2013-yilda «Chelsi» bosh murabbiyiga aylangan.