Faxriylar dona surmoqda
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari boʻlib oʻtmoqda.
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari boʻlib oʻtmoqda.
Oʻtgan 7 tur natijalariga koʻra qashqadaryolik Xayrullo Toʻrayev bilan fargʻonalik Obidjon Yusupov 5,5 tadan ochko toʻplagan holda peshqadam boʻlib turibdi. Sergey Fedyusin (Toshkent), Vyacheslav Aʼzamov (Toshkent viloyati), Rabbim Umarov (Navoiy), Akmal Hayitov (Toshkent) lar hisobida 5 tadan ochko bor.
50 nafarga yaqin shaxmat ixlosmandlari ishtirok etayotgan chempionat bahslari 12-oktyabr kuni oʻz yakuniga yetadi.