Farg‘onadagi bog‘chadan erkak kishining jasadi topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida jasad topilganligi haqida xabarlar tarqalgan. Viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 20.11.2021 yil kuni Qo‘shtepa tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida qorovul vazifasini o‘tab kelgan L.I. maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidagi qorovulxonada vafot etgan holda topilgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, uning o‘limiga o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi va is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
M. Sulaymonov, O‘zA