Farg‘onada Amir Temur merosiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona davlat universitetida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur jahon tarixida” mavzuida V Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yusufjon Ahmadaliyev ochib berib, mazkur tadbir Amir Temurning davlatchilik merosi va tarixini ilmiy jihatdan o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Konferensiyaga temurshunos olim, professor Bahriddin Usmonov moderatorlik qildi. Unda mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan temuriylar davri tarixi, davlat boshqaruvi, madaniyati va ilmiy merosiga bag‘ishlangan ma’ruzalar taqdim etildi.
[gallery-28578]
Anjuman doirasida ishtirokchilar o‘rtasida ilmiy fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi, mavzu yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA