Farg‘onada yosh tennischilar bahslashmoqda
Farg‘onada tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida «Fergana CUP – 2016» xalqaro turniri davom etmoqda.
Farg‘onada tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida «Fergana CUP – 2016» xalqaro turniri davom etmoqda.Mamlakatimiz tennis federatsiyasi va Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada o‘nga yaqin davlatdan yuzdan ziyod yosh sportchi bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Sharobiddin Abzalov qozog‘istonlik Dias Meirbekni 6:2, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davrada rossiyalik Danil Sevelev bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Shuningdek, yosh tennischilarimizdan Azizxon Turg‘unov va Temur Sotimov ham dastlabki davrada g‘alaba qozondi.
Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida vakillarimizdan Kamola Umarova, Laylo Bahodirova, Yuliya Kim, Fariza Abdullayeva, Shahnoza Hotamova, Yasmina Karimjonova, Gulsina Halimullina va Elina Sharipova raqiblari ustidan zafar quchib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.