Eynshteyn qo‘lyozmasi rekord narxda sotildi
Albert Eynshteynning mashhur nisbiylik nazariyasi qo‘lyozmasi Parijdagi kim oshdi savdosida rekord darajadagi qiymatga ko‘tarildi.
Eynshteyn qo‘lyozmalari uchun avvalgi eng ko‘p mablag‘ 2018 yil Nyu-Yorkda “Xudo haqidagi maktub” uchun berilgan - 2,8 million dollar. 2017 yili Quddusda “Baxt siri” maktubi 1,56 million dollarga baholangan edi.
Bu gal olimning qo‘lyozmasi 2 milliondan 3 million yevrogacha baholanib, qo‘shimcha to‘lovi bilan 11,6 million yevroga sotildi.
Oldin sotilgan qo‘lyozmalardan farqli o‘laroq, bunisi juda noyob ilmiy ish ekani aytilmoqda.
Albert Eynshteyn 1955 yil 76 yoshida vafot etgan. Uning 1951 yil tilini chiqarib tushgan sur’ati juda mashhur.
Ulug‘bek Mahmirzayev