Eronning tashqi siyosati o‘zgaradi (mi)?
Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi AQSH va Isroil rejimining so‘nggi tajovuzlariga javoban,endilikda mamlakatning diplomatik yondashuvi yangicha tus olishini ma’lum qildi.
– Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda biz xalqimizning huquqlarini qat’iy himoya qildik, ammo Amerika tomoni o‘z maqsadlariga erisha olmaganidan hafsalasi pir bo‘lib ziddiyatga kirishdi va oqibatda Isroil rejimining hujum qilishini qo‘llab-quvvatladi, -dedi u.
Araqchi bu harakatni “diplomatiyaga xiyonat” deb ta’rifladi va ushbu tajriba kelajakdagi qarorlarga ta’sir qilishini qo‘shimcha qildi.
Vazir shuningdek, o‘z xalqining ziddiyatga qarshi munosabatini olqishlab, Oyatulloh Sayyid Ali Humanaiyning “Eron taslim bo‘lmaydi va o‘z pozitsiyasini qat’iy himoya qiladi”, degan gaplarini takrorladi.
Musulmon Ziyo, O‘zA