Eron Xitoydan yirik qurol to‘plami oladi
“Reuters” agentligi ma’lum qilishicha, Tehron AQSH va Isroil bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuvlardan so‘ng o‘z havo mudofaa tizimini qayta tiklash maqsadida yaqin haftalarda Xitoyda ishlab chiqarilgan olib yuriluvchi havo hujumidan mudofaa majmuasi ilk to‘plamini qabul qilishi kutilyapti.
Umumiy qiymati 60-70 million dollarga baholanayotgan ushbu shartnoma 300-400 dona yelkada olib yuriluvchi mudofaa tizimi xaridini nazarda tutadi. Bu Tehron urush boshlangandan beri qisqa masofali havo himoyasi tizimini kuchaytirish maqsadida amalga oshirgan eng yirik tashabbuslaridan biridir.
Umuman, Islom Respublikasi harbiy salohiyatini qayta tiklashga harakat qilayotgani bor gap. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday aslahalar kichik guruhlar tomonidan tezkor joylashtirilishi, oson ko‘chirilishi tufayli aniq nishonli hujumga an’anaviy havo mudofaasi tarmog‘iga nisbatan kamroq uchraydi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA