Eron BAAga qilingan hujumlarga aloqadorligini rad etdi
Tehron Birlashgan Arab Amirliklariga qilingan hujumlarga aloqadorligini rad etmoqda, deb yozdi “Al Jazeera” nashri.
Eron harbiy rahbariyati BAAni nishonga olish rejasi yo‘qligini va ushbu amaliyotlar mamlakat hududidan boshqarilmaganini alohida ta’kidlamoqda.
Ushbu bayonot Hurmuz bo‘g‘ozida kuzatilayotgan keskinlik fonida yangradi. Hozirda AQSH harbiylari ushbu strategik suv yo‘li orqali o‘tayotgan kemalarni nazorat qilish uchun o‘z kuchlarini joylashtirgan.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakillari esa mintaqadagi tashqi kuchlarga tegishli kemalarning bo‘g‘oz orqali erkin va to‘siqsiz harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasligini qat’iy ma’lum qilgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA