Eron AQSH bilan muzokaralarga rozi bo‘ldi (+video)
Tehron oxirgi daqiqalarda AQSH bilan muzokaralarni davom ettirishga rozilik berdi, deb xabar qildi DW nashri.
Xabarlarga ko‘ra, Eron oliy rahbari Oyatulloh Mojtaba Humonaiy AQSH bilan muzokaralarni davom ettirishga ruxsat bergan.
Avvalroq Eron Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusi muzokaralarga qarshi chiqib, AQSH Hurmuz bo‘g‘oziga qo‘ygan cheklovlar bekor qilinmaguncha suhbatni rad etishni talab qilgan.
Shu bilan birga, Pokiston, Misr va Turkiya vositachilari ham Tehronni muzokara jarayonidan chiqmaslikka chaqirgan.
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehrondan javob kutar ekan, ikki haftalik sulhni uzaytirmasligini aytgan edi, biroq uni yana bir kunga uzaytirdi. Trampning aytishicha, agarda kelishuvga erishilsa, Eronda yadro quroli bo‘lmaydi.
Esingizda bo‘lsa, 11–12-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi muzokara bosqichi natija bermagan edi. Eron tomoni bunga sabab qilib AQSH o‘z pozitsiyasini tez-tez o‘zgartirishi va dengiz cheklovlarini asosiy to‘siq deb atagan.
Undan keyin Eron kemasining AQSH harbiylari tomonidan ta’qibga uchrashi, vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. Eron harbiylari AQSHni sulhni buzganlikda ayblab, javob choralari ko‘rilishini bildirgan.
Garchi Mojtaba Humonaiy tomonidan muzokaralarga ruxsat bergan bo‘lsada, Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibof tahdid ostida muzokara o‘tkazilmasligini aytmoqda. U Trampni muzokara stolini taslim bo‘lish stoliga aylantirishga urinmoqda deb tanqid qilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2gFJ2CKZEkU" title="Eron AQSH bilan muzokaralarga rozi bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA