Erdog‘an Kosovo Prezidenti bilan uchrashdi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, “Birga rivojlanamiz: Mas’uliyat, harakat va qarorlar” mavzusida 8-9 dekabrda uyushtirilgan “TRT 2023” Jahon forumida nutq so‘zlaganidan so‘ng Kosovo Prezidenti Vosa Osmani-Sadriu bilan uchrashdi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.
Erdog‘an xalqaro hamjamiyat Isroilning urush jinoyati uchun javobgarlikka tortilishini ta’minlash uchun birgalikda harakat qilishi kerakligini, Turkiya mintaqada doimiy o‘t ochishni to‘xtatish, G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazish uchun sa’y-harakatni davom ettirayotganini aytdi.
Turkiya Prezidenti ma’muriyati Aloqa boshqarmasi mazkur uchrashuv haqida bayonot berib, Prezidentlar Turkiya-Kosovo munosabati, mintaqaviy va global muammolar bilan bir qatorda Isroilning Falastinga hujumi bilan bog‘liq so‘nggi o‘zgarishlarni muhokama qilganini tasdiqladi.
Erdog‘an Turkiya Kosovoning tan olinishini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini, Bolqon mintaqasida tinchlik va barqarorlikka muloqot orqali erishilishini ta’kidladi.
Uchrashuv matbuotga yopiq tarzda o‘tkazilgan.