Erdog‘an Guterrish bilan telefon orqali suhbatlashdi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali muloqotda don shartnomasini uzaytirish masalasini hal qilish zarurligi haqida gapirdi. Bu haqda Turkiya yetakchi ma’muriyatining matbuot xizmati xabar berdi.
“Prezident Erdog‘an endi g‘alla eksporti bo‘yicha Istanbul kelishuvini uzaytirish masalasiga qaytadan e’tibor qaratish zarurligini aytdi. BMT Bosh kotibi Turkiya yetakchisiga don yo‘lagini tiklash borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.
Erdog‘an suhbatda “Rossiya va Ukraina bilan yuqori darajada olib borgan diplomatik aloqalari natijasida g‘alla yo‘lagi qayta faollashganidan mamnunligini ta’kidladi”.
Guterrish bilan suhbatda don kelishuvi bilan bir qatorda Ukraina atrofidagi mojaro ham muhokama qilindi.