Entso Mareska: «Men Gvardioladan ko‘chirib ishlamayman»
Eslatib o‘tamiz, Entso Mareska avval Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska o‘z faoliyatida jamoaning sobiq ustozi Xosep Gvardiola uslubini takrorlamasligini aytdi.
“Ba’zi o‘xshash g‘oyalar bo‘lishi mumkin, ammo har bir murabbiy o‘ziga xos. Boshqa murabbiyning uslubini shunchaki ko‘chirib qo‘llash mumkin, deb o‘ylamayman. Bu juda qiyin. Men futbolga boshqacha qarayman va aynan shu sabab «ko‘chir va qo‘lla» tamoyiliga ishonmayman”, — dedi Mareska Goal nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Entso Mareska avval Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.
Keyinchalik u mustaqil murabbiy sifatida bir nechta jamoani boshqardi, jumladan, «Chelsi»ni ham. London klubi Mareskani 2026-yil 1-yanvar kuni iste’foga chiqargan edi.