Eng namunali boshlang‘ich tashkilotlar taqdirlandi
Nukusda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi barcha boshlang‘ich tashkilotlarda “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bӯlib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi, Ӯzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi U.Jalmenov va boshqalar boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng kӯlamli ishlar va mazkur kӯrik-tanlovning ahamiyatiga tӯxtaldi.
[gallery-3343]
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini har tomonloma qӯllab-quvvatlash ӯzining ijobiy samarasini bermoqda. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlarda boshlang‘ich tashkilotning tuzilishi, ularda jamoa shartnomalarining imzolanishi va ularning ijrosini ta’minlash maqsadida yiliga kamida bir marotoba hisobot berib borilishini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ishlarning samaradorligiga erishishda har ikki yilda bir marotaba ӯtkazib kelinayotgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
A’zolar soni yuz nafargacha va yuz nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar olib borayotgan ishlari aks ettirilgan ko‘rgazmali qurollar, multimedia, bannerlar va videoroliklar bilan ishtirok etdi. Ular orasidan g‘oliblar aniqlanib, birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA