Eng munosiblarga tavsiyanoma beriladi
Milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar xizmat davomida nafaqat yigitlik burchini o‘taydi, balki, bilim va ma’naviy dunyoqarashini ham orttirib boradi. Ahamiyatli jihati olgan bilimini sinovdan o‘tkazish orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ajratiladigan imtiyozli tavsiyanomani qo‘lga kiritadi.
Surxondaryo viloyatidagi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda 42 nafar muddatli harbiy xizmatchi ana shunday tavsiyanomaga ega bo‘lish uchun test sinovidan o‘tdi. Askarlar jangovar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, matematika, fizika va mantiqdan bilimini sinovdan o‘tkazdi.
[gallery-1105]
Tavsiyanomaning yana bir qulaylik tomoni, u berilgan vaqtidan boshlab 3 yil mobaynida o‘z kuchini yo‘qotmaydi. Shubhasiz, ko‘rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlarga javoban harbiy xizmatchilar o‘z zimmasidagi burchni yanada mas’uliyat bilan ado etadi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(urat), O‘zA