Eng kuchli yosh polvonlar saralanmoqda
Samarqand shahrida erkin kurash bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Ayni damda sport kurashlarining mazkur yo‘nalishi bo‘yicha ilk g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.
Jumladan, -45 kg. vazn toifasida Muhammad Rahimjonov (Namangan) finalda Razzoqbergen Shonazarov (Toshkent viloyati) ustidan zafar quchib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Murodjon Axmatov (Samarqand) va Jarulloh Ilhomov (Toshkent) bronza medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, 51 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Doston Yo‘ldoshev (Xorazm), Azizbek Rabbimov (Navoiy), Husan Anorboyev (Toshkent viloyati) hamda Husan Qobilov (Toshkent viloyati) shohsupaga ko‘tarildi.

Quyida mamlakat kubogining yana uch vazn toifasidagi g‘olib va sovrindorlari bilan tanishasiz:
-60 kg: Bekzodbek Ibrohimov (Namangan) oltin, Kamronbek Nurullayev (ROPSTM) kumush, Behruz Jumaboyev (ROPSTM) va Umidjon Abidov (Buxoro) bronza;
-71 kg: Jaloliddin Jalolov (ROPSTM) oltin, Abduamin Abduqodirov (Surxondaryo) kumush, Maxarbek Alimardonov (Buxoro) va Xushnud Begmuratov (ROPSTM) baronza;
-92 kg: Amirbek Fazliddinov (Buxoro) oltin, Dovud Mirzayev (ROPSTM) kumush, Mirali Mo‘minov (Buxoro) va Daniil Muxitdinov (Toshkent viloyati) bronza medal bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA