Eng kuchli rapirachilar aniqlandi
Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat kubogida rapira yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
“Paxtakor” qilichbozlik zalida o‘tkazilgan mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida Sheramon Komiljonov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Sabina Adashaliyeva rapira yo‘nalishida eng kuchli ekanini isbotladi.

Ushbu yo‘nalishdagi jamoaviy bahslarda Toshkentning to‘rtta jamoasi qizlar o‘rtasida barcha sovrinli o‘rinlardan joy oldi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa Andijon, Toshkent va Farg‘onaning birinchi jamoalari shohsupaga ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kubogining sablya yo‘nalishidagi bahslarda g‘oliblar nomi aniqlangan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA