Eng ko‘p milliarder Pekinda istiqomat qiladi
Pekinda dunyoning boshqa har qanday shahridan ko‘ra ko‘proq milliarderlar istiqomat qiladi, deb yozadi “VVS”.
O‘tgan yili 33 nafar bo‘lgan Xitoy poytaxtidagi milliarderlar soni bu yil 100 nafarga yetgan. Koronavirus bilan muvaffaqiyatli kurash, texnologiya kompaniyalari va fond bozorining rivojlanishi Xitoyda badavlat odamlarning ko‘payishiga asos bo‘lgan. Bungacha milliarderlari ko‘p shahar Nyu-York bo‘lib, unda 99 nafar milliarder bo‘lgani aytilgandi.
Badavlat odamlar soni 698 nafarga yetgan Xitoy, 724 milliarderli AQSHga yaqinlashib qoldi. Uchinchi o‘rinda Hindiston qayd etilgan, unda 140 kishi milliarder ekanligi aytilmoqda.