Emi Klobushar – AQSH Prezidentligiga nomzod
Minnesota shtatidan demokrat-senator Emi Klobushar AQSH prezidentligiga nomzod boʻlganini rasman eʼlon qildi.
Minnesota shtatidan demokrat-senator Emi Klobushar AQSH prezidentligiga nomzod boʻlganini rasman eʼlon qildi.
U oʻzi tugʻilib oʻsgan joydagi saylovchilar bilan uchrashuvida “Prezident boʻlib, sizning koʻzingizga tik qarayman. Nimani oʻylasam, shuni aytaman. Oʻz ishim bilan mashgʻul boʻlaman va vijdon amriga koʻra rahbarlik qilaman”, deb fikr bildirdi, deyiladi RIA Novosti xabarida.
Maʼlumot uchun, asli mutaxassisligi yurist boʻlgan Kloubushar 58 yoshda.