Elnur Abduraimov: Professional boksda ulkan marralarni zabt etaman
Avval, “Uzbek Tigers” jamoasining sobiq a’zosi Elnur Abduraimov professional boksda faoliyatini boshlash uchun Amerikaning Mayami shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Avval, “Uzbek Tigers” jamoasining sobiq a’zosi Elnur Abduraimov professional boksda faoliyatini boshlash uchun Amerikaning Mayami shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.Mahoratli bokschimiz Elnur ayni damda, bu yerda murabbiy Pedro Diaz bilan “Fight Promotion” klubida mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgani haqida O‘zA muxbiriga xabar berdi.
– Men profesional boksdagi faoliyatimni boshladim. Bir necha oy murabbiy Pedro Diaz qo‘l ostida shug‘ullanaman. U bilan ishlash menga yoqmoqda. Umid qilamanki, biz Pedro bilan katta marralarni zab etamiz, – deydi Elnur O‘zAga bergan intervyusida.