Ellikqal’ada “XDP bog‘i” tashkil qilindi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Ellikqal’a tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bir gektar yer maydonida bog‘ tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, bu orqali yashil maydonlarni ko‘paytirish yo‘lida hamma bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilmoqda. Loyiha doirasidagi xayrli ishda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi ham faol ishtirok etmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari X.Yeshimbetov, Ellikqal’a tumani hokimi S.Avezov, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi a’zolari, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya tuman va shahar kengashlari raislari, partiya faollari ishtirok etdi. Yangi boqqa ezgu niyatlar bilan ko‘chat ekildi.


O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining bu tashabbusi yurtimizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining yuqori saviyada olib borilayotganining yana bir ko‘rinishidir.
Dovud Abibullayev, O‘zA