Elga hurmat – tilga boʻlgan eʼtibordan boshlanadi
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomilada hamda diniy va ibodat bilan bogʻliq udumlarni ado etishda qoʻllanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini oʻz xohishlariga koʻra tanlash huquqiga egadirlar».
Til millat koʻzgusi, uning gʻururi, tafakkur manbai. Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.
Hozirgi kunda Yer yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud boʻlsa, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Davlat tili maqomini olgan shu ikki yuzga yaqin til orasida Ona tilimizning borligidan qancha gʻururlansak shuncha kam. Sobiq ittifoq hukmronlik qilib turgan bir paytda – 1989-yilning 21-oktyabrida “Davlat tili haqida”gi Ⱪonunning qabul qilinishi va uning 1-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir” deb, belgilab qoʻyilishi mamlakatimiz mustaqilligi sari qoʻyilgan birinchi va muhim qadamlardan biri sifatida baholanadi.
Davlat tili haqidagi Qonun matni 1995-yil 21-dekabrda qayta tahrir qilindi. Mazkur Qonun bir tomondan oʻzbek tilini huquqiy muhofazasini taʼminlab, uning takomillashuviga va ravnaq topishiga keng imkoniyat yaratib bergan boʻlsa, ikkinchi tomondan boshqa millat vakillari tillarining muomilada boʻlish darajasini belgiladi va kafolatladi.
Jumladan, Qonunning 3-moddasida shunday deyiladi: «Tilning Qoraqalpogʻiston Respublikasida amal qilishiga bogʻliq masalalar shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomilada hamda diniy va ibodat bilan bogʻliq udumlarni ado etishda qoʻllanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini oʻz xohishlariga koʻra tanlash huquqiga egadirlar».
Qonun barcha millatlar va ularning tillarini teng huquqliligiga asoslanadi. Biror millat vakillari zich yashaydigan hududda mazkur millat tilining ham davlat tili bilan teng huquqda isteʼmolda boʻlishi mazkur Qonun bilan kafolatlangan. Bu xususda Qonunning 8-moddasida shunday deyiladi: “Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va eʼlon qilinadi”.
Davlat tili haqidagi Qonun oʻzbek tilining mavqeini mustahkamlash va uni huquqiy muhofazaga olish bilan birga millatlarning oʻzaro teng huquqliligini taʼminlash tamoyiliga asoslanganligi bilan ahamiyatlidir. Qonunning oxirgi 24-moddasida Davlat tiliga va boshqa tillarga fuqarolarning munosabati masalasiga alohida etibor qaratilib, shunday deyiladi: “Oʻzbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taʼqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvoffiq javobgar boʻladilar”.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, davlatimiz tomonidan Ⱪonun bilan ochiq-oydin koʻrsatib qoʻyilishiga qaramasdan, mazkur Ⱪonunning ijrosini taʼminlashda haligacha kamchiliklarimiz koʻp, haligacha uning barcha normalari toʻla ishlashiga erishayapmiz deb, ayta olmaymiz. Bunga avvalo, beparvoligimiz, ona tilimizga boʻlgan hurmatimiz haminqadar ekanligi sabab boʻlmoqda. Masalan, oilada kundalik muloqotimizda farzandlarimizga ona tilimizning goʻzal kalomlarini oʻrgatmasdan boshqa tillardagi soʻzlarni hech ikkilanmay aytamiz. Buni esa oʻzimizni shu holatga oʻrganib qolganimiz bilan izohlaymiz. Lekin, farzandlarimiz-chi, ular ham endi shunga “oʻrganib” qolishi kerakmi? Koʻchaga chiqamiz, katta-kichik binolar oldida yozilgan yozuvlarning aksariyati xorijiy tillarda yozilgan.
Biror bir yumush, xizmat bilan davlat idoralari, xizmat koʻrsatish korxonalariga kiramiz va bu joylarda ham ayrim maʼlumotlar boshqa tillarda ekanligini koʻramiz. Katta-katta supermarketlarga kiramiz, narxnoma, qoʻlingizga tutqaziladigan chek oʻzga tilda. Lekin hech birimiz nega bu yozuvlar davlat tilida emas, deb soʻramaymiz. Vaholanki, qonunga koʻra, geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi (22-modda). Lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtirilishi va eʼlon qilinishi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkinligi belgilangan (20-modda). Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yoʻriqnomalar, etiketkalar bilan taʼminlanishi koʻrsatilgan(21-modda).
Har bir yangi obyekt ochilayotganganda, xizmat koʻrsatish majmuasi yoki shoxobcha tashkil etilayotganda bu tartiblar tushuntiriladi. Ming afsuski, koʻp hollarda tushuntirishlar qogʻozda qolmoqda. Ayni kamchiliklarni oʻz vaqtida va joyida bartaraf qilish, tushuntirish hamda targʻib qilish – ayniqsa, biz ziyolilardan oʻtkir zehn, eʼtibor va fidoiylik talab etadi.
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar oʻzaro inoq, totuvlikda yashab kelmoqda. Davlat taʼlim muassasalarida oʻqitish 7 tilda olib borilmoqda. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi oʻz koʻrsatuvlarini 12 tilda namoyish etmoqda, 10 dan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Mamlakatimizda etnik oʻziga xoslikni rivojlantirishda 137 ta milliy madaniy markaz, 34 ta doʻstlik jamiyatlari muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
Taʼkidlash lozimki, Davlat tili toʻgʻrisidagi Qonun oʻzbek tilining va Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan boshqa millat vakillari tillarining amalda boʻlish maqomini huquqiy jihatdan kafolatlasa, ikkinchi tomonidan esa, har yili til bayrami arafasida jamoatchilik eʼtiborini til masalalariga qaratishga imkon yaratadi.
Haqiqatdan xam, til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, qachonki til davlat tomonidan huquqiy muhofazaga olingandagina u haqiqiy ravnaqiga erishishi mumkin. Keyingi yillarda ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlar, xususan, davlat tili masalasiga eʼtiborning kuchaytirilishi xalqimiz dilidagi istaklarining biri boʻldi. Bugun xalqaro maydonda dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyat sifatida baholanmoqda.
Ayni yangilanishlar va oʻzgarishlar barobarida, birinchi navbatda, ona tilimizning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning amalga oshirilayotganligi diqqatga sazovordir.
Jumladan, 2019-yilning 4-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorining eʼlon qilinishi esa bu boradagi ishlarning davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan masala ekanligining dalolatidir.
Ayni yoʻnalishda, keyingi yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur oʻrganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni yangi pogʻonaga koʻtardi.
Shuningdek, mamlakatimizda yangidan tashkil etilib, faoliyat koʻrsatayotgan Muhammad Rizo Ogahiy, Isʼhoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida ona tiliga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilishi, shuningdek, barcha taʼlim muassasalarida til bayramiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy kechalar hamda yangi kitoblar taqdimotlari tashkil qilish ishlarining yoʻlga qoʻyilganligini ham ayni yoʻnalishdagi faoliyat samaradorligini taʼminlashga qaratilgan ijobiy ishlar sifatida baholashimiz mumkin.
Bugun davlatimiz Yangi Oʻzbekiston - “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi 3-renessans davriga qadam qoʻymoqda. Ayni jarayonga kelib, ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi. Hozirgi kunda oʻzbek tili hayotimizning barcha jabhalarida — davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sanʼat sohalarida faol qoʻllanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda. Joriy yilning 23-sentyabr kuni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida mamlakatimiz tarixida ilk bor Davlat tilida bayonot qilishi, yuqorida qayd qilayotgan fikrimizning yorqin dalilidir.
Yana sanoqli kunlardan keyin, 21-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi sanʼat saroylarida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirlari tashkil etiladi.
Ushbu sanaga bagʻishlangan bayramona tadbirlar har yili mamlakatimizdagi barcha shahar va tumanlarda - umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida oʻzbek tili mavqeini tarannum qilishga bagʻishlangan insholar, har xil mavzudagi tanlovlar, musobaqalar va konferensiyalar oʻtkaziladi. Joylardagi teatrlar va kinoteatrlarda, madaniyat saroylarida buyuk allomalar haqidagi spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar namoyishi anʼana tusiga aylanib bormoqda.
Sana munosabati bilan, biz faoliyat yuritayotgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ham oʻzbek va qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bilan bir qatorda, turkiy tilli xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda “Globallashuv davrida oʻzbek va qoraqalpoq tillarining mavqei” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda “Ⱪoraqalpogʻistonda tilshunoslikning dolzarb masalalari: muammolar va yechimlar” mavzusida respublika konferensiyasini oʻtkazish uchun qizgʻin tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Buyuk mutaffakir Alisher Navoiyning “Tilga eʼtiborsiz – elga eʼtiborsiz” degan hikmatli soʻzi bor. Shunday ekan, Davlat tili sifatida qoraqalpoq tilining hamda oʻzbek tilining gullab-yashnashi, rivojlanishi va keng taraqqiy etishi, eng avvalo, bugungi kunda taʼlim-tarbiya maskanlarining barcha boʻgʻinlarida faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchi-xodimlar hamda ustoz-murabbiylarning fidoiyligiga bogʻliqdir. Demakki, bugun Ⱪoraqalpogʻistonda faoliyat koʻrsatayotgan har qanday ziyoli inson - ham qoraqalpoq tilining, ham oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarini puxta oʻzlashtirgan va savodli yozish koʻnikmasiga ega boʻlgan boʻlishi lozim. Bu esa uning shu yurtning vatanparvar fuqarosi sifatida nafaqat ikkita tilga boʻlgan hurmatini, balki, shu elga, shu yurtga boʻlgan ehtiromini hamda oʻz shogirdlariga boʻlgan yuksak namuna ham boʻlib hisoblanadi.
Xulosa oʻrnida taʼkidlaymizki, ijtimoiy hayotimizda davlat tili bilan bogʻliq yuqorida zikr etilgan muammolarni hal qilish uchun avvalo, barcha yurtdoshlarimizdan ona tilimizga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilishimizni talab qiladi. Bu borada dastlab, oilada eʼtiborni yana-da kuchaytirish, soha mutaxassislari tomonidan keng koʻlamli ilmiy tadqiqotlar olib borish, davlat grantlari eʼlon qilish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish orqali muayyan natijalarga erishish mumkin.
Fikrimiz yakunida barcha yurtdoshlarimizni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining keng jamoatchiligi nomidan yaqinlashib kelayotgan tarixiy sana – milliy til bayrami bilan qizgʻin muborakbod etamiz. Barchamizga tilimizdagi ezgu soʻzlar hamrohimiz boʻlsin, dilimizda ona tilimizga boʻlgan mehr aslo soʻnmasin.

Quvondiq QODIROV,
Nukus davlat pedagogika instituti
Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori