Elektr energiyasidan qarzingiz bor(mi?)
Namangan shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga iste’molchi Mavjuda Xojiyeva tomonidan murojaat kelib tushgan. Iste’molchi 04.04.2022 yil kuni 1300000 so‘m to‘laganligi va shu kungi 50 000 so‘m haqdorligi mavjud bo‘lgan.
02.05.2022 yil kuni M. Hojiyevaning telefoniga elektr energiyasidan 700000 so‘m qarzi mavjudligi to‘g‘risida SMS xabar kelgan.
Iste’molchi ushbu holatni aniqlashtirish yuzasidan Namangan shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Jamiyat mutaxassislari Namangan hududiy elektr tarmoqlari xodimlari bilan birgalikda holatni o‘rganishdi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, murojaatchining xonadoniga borib elektr hisoblagich nazoratchi qarzdorlik bo‘yicha abonent shaxsiy varaqasi o‘rganildi va 2022 yil 12 may kuni kuniga 49385 so‘m haqdorligi aniqlandi. Ya’ni Mavjuda Hojiyevaning telefoniga borgan SMS bo‘yicha 700000 (yetti yuz ming) so‘m qarz degan SMS noto‘g‘riligi aniqlandi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida ham xuddi shunday holat yuz berdi. «Valijon» MFYda yashovchi iste’molchi V.Nurnazarov 3 oy mobaynida elektr energiyadan mavjud 2 million noreal qarzdorlikni o‘chirish uchun sarson bo‘lgach, Kattaqo‘rg‘on Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qiladi.
Murojaat tegishli soha mutaxassis xodimlari tomonidan vakolat doirasida ko‘rib chiqildi va iste’molchining xonadoni hisob raqami bo‘yicha hech qanday qarzdorligi mavjud emasligi aniqlandi.
Fayoza Otabekova