Elektr energiyasi foydasiga ijro harakatlari olib borilmoqda
Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan elektr energiyasi va boshqa kommunal to‘lovlar bo‘yicha mavjud qarzdorliklarni undirish yuzasidan ijro harakatlari jadal davom ettirilmoqda.
Xususan, ishchi guruh tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunal to‘lovlar, soliq qarzdorligi hamda ma’muriy jarimalar bo‘yicha ijro hujjatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, reydlar davomida qarzdorligi mavjud bo‘lgan avtotransport vositalari aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda xatlov va boshqa majburiy ijro choralari qo‘llanilmoqda.

Mazkur tadbirlar Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo‘limi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamkorligida tashkil etilib, qarzdorliklarni o‘z vaqtida undirish va ijro hujjatlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
Fuqarolar va tashkilotlarni o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga, mavjud qarzdorliklarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etishga chaqiramiz.
Hamroz Bayonov,O‘zA