El dasturxoniga shifobaxsh ne’mat
Jizzax tumanidagi “Zomin asali” mas’uliyati cheklangan jamiyati asalarichilikka ixtisoslashgan.
Jizzax tumanidagi “Zomin asali” mas’uliyati cheklangan jamiyati asalarichilikka ixtisoslashgan.Viloyatning Zomin, Baxmal, Forish tumanlarida asalari parvarishlayotgan korxona yiliga 10 tonnaga yaqin yuqori sifatli, shifobaxsh ne’mat yetishtirmoqda. Tayyor mahsulot qadoqlanib, buyurtma asosida iste’molchilarga yetkazib beriladi.
–Yaqin kunlarda korxonaga xorijdan zamonaviy qadoqlash uskunasi keltirib o‘rnatish rejalashtirilgan, – deydi jamiyat rahbari G‘ayratxo‘ja Ahmedov. – Loyiha amalga oshgach, dorivor giyohlar va gul changini qadoqlash ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu bilan qo‘shimcha yana 5 ishchi o‘rni yaratiladi.