El boshiga ish tushganda
Koʻp kvartirali uylar va unga tutash hududlar dezinfeksiya qilinmoqda
Koʻp kvartirali uylar va unga tutash hududlar dezinfeksiya qilinmoqda
Mamlakatimizda koronavirus boʻyicha karantin joriy etilishi munosabati bilan koʻp kvartirali uylar va unga tutash hududlarni dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Koʻp kvartirali uylarda dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilishi hududiy uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari (boʻlimlari), xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil qilingan.
Respublikamiz boʻyicha koʻp kvartirali uylarning kirish yoʻlaklari, zinapoyalar, lift uskunalari, yertoʻlalar va tomlari, shuningdek, bolalar maydonchalari, boshqa turdagi obyektlar (umumiy sanitar uzellar, tandirxona va ayvonlar)da dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Fargʻona viloyati Margʻilon shahar Yangi Margʻilon shaharchasida joylashgan 90 ta koʻp kvartirali uy va ularga tutash hududlarda takroriy dezinfeksiyalash ishlari amalga oshirildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Margʻilon shahrida 291 ta koʻp kvartirali uy mavjud boʻlib, ularga 36 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat koʻrsatib kelmoqda. Yangi Margʻilon shaharchasidagi jami 90 ta koʻp kvartirali uyda 2 ming 600 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Soha mutaxassislari tomonidan barcha hududlar bosqichma-bosqich dezinfeksiya qilinmoqda.
Maqsad ozodalik, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda aholi salomatligini saqlashdir. Bu kabi saʼy-harakatlar turli yuqumli kasalliklardan himoyalaydi.