Ekofaollar Markaziy Farg‘ona cho‘llarida
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari an’anaga aylanib qoldi. Bunda yoshlar emin-erkin fikrlarini bildirishadi, takliflar kiritishadi.
Farg‘onadagi shunday uchrashuvlardan birida ekofaollar Markaziy Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligiga ma’rifiy sayohat uyushtirishni taklif etishgandi.


Farg‘ona viloyati prokuraturasi, ekologiya, atrof muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi hamda turizm boshqarmalari hamkorligida bir guruh ekofaollar, yoshlar, jurnalist va blogerlar uchun Yozyovon cho‘llariga tur tashkil etildi. Uning ishtirokchilari Markaziy Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligi qum-barxanlari, uning florasi, xayvonot olami, eng qimmatbaho boyligi – asriy qumtepalar bilan tanishdilar. Mutaxassislar mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tegishli ma’lumot berishdi.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA muxbiri