Ehtiyojmand xotin-qizlar e’tiborda
Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda “Ayollar daftari”ning navbatdagi bosqichida amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yangi tartibdagi “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlash, ularning ijtimoiy holatini chuqur o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda kasb-hunarga yo‘naltirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarning axborotlari tinglandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA