Ehtiyojmand xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatilmoqda
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida xayrli tashabbus boshlandi. Ya’ni hududdagi ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatilmoqda.
Buning uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 240 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ evaziga tumandagi 10 nafar “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand, nogironligi bor fuqarolar xonadonlariga 2 kilovatli quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda. Shuningdek, ijtimoiy soha tashkilotlari, tadbirkorlik sub’ektlariga ham quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA.