Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ishtirokida xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Matmuratov boshchiligida tuman markazidagi Toshkent hamda To‘rtko‘l mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi extiyojmand oilalardan xabar olindi. Ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan muloqot qilinib, yechimi bo‘yicha tegishli soha vakillariga topshiriq berildi.
Tadbir doirasida ehtiyojmand oilalarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘i hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Toshkent mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 80 yoshdan oshgan, ikki nafar nogironligi bo‘lgan nabirasi bor Aleksandra Karasheva bunday e’tibor uchun Prezidentimizga, homiylarga minnatdorlik bildirdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA