Ehtirom va yuksak qadriyatlar bayrami
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ruhda bayram tadbiri tashkil etildi.
Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, faxriylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ushbu tadbir chinakam ehtirom va yuksak qadriyatlar bayramiga aylandi.
Tadbir avvalida yurt ravnaqi, xalq tinchligi va mustaqillikni saqlash yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi chuqur hurmat bilan yod etildi. Shundan so‘ng Okrug qo‘shinlari qo‘mondonining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
“Xalq va armiya — bir tan-u bir jon” degan ezgu tamoyil bugun yurtimizda har qachongidan ham mustahkam qaror topmoqda. Zero, ona yurt sarhadlarini ishonchli qo‘riqlayotgan mard o‘g‘lonlarning matonati va sadoqati xalqimizning eng katta faxridir.
[gallery-29339]
Bayram tadbiri davomida xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, harbiy intizom va jangovar tayyorgarlikda namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvonlar, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Shuningdek, harbiy orkestrning kuy-qo‘shiqlari, xushovoz xonandalar ijrosidagi Vatan, jasorat va sadoqatni tarannum etuvchi musiqiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz va shukuh ulashdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.