“E-auksion” elektron savdo platformasida billing tizimi ishga tushirildi
“E-auksion” platformasi qayta aloqa tizimini rivojlantirish maqsadida kunu-tun ishlovchi “call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK rahbari Sohibjon Murodov ma’lum qildi.
Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha 5 ming 800 dan ortiq ob’ekt savdoga chiqarilib, 4 ming 400 tasi 58 milliard so‘mga (70 foizi yuqori narxda) ijaraga berildi.
“E-auksion” elektron savdo platformasida mulkdorlarni rozi qilish mexanizmi, to‘lovlarni inson omilisiz qabul qilish va taqsimlash bo‘yicha billing tizimi ishga tushirildi. 18 ta vazirlik va idora elektron tizimi integratsiya qilindi.
O‘zA