Dzyudochilarimiz Qozog‘istonda o‘tayotgan xalqaro mashg‘ulotda qatnashmoqda
Shu kunlarda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi a’zolari Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
O‘ttizdan ortiq davlatning yetti yuz nafarga yaqin dzyudochilari qatorida o‘zbekistonlik dzyudochilar uchun ushbu xalqaro mashg‘ulot Osiyo o‘yinlari hamda jahon chempionatiga tayyorgarlikning muhim bosqichi sanaladi.
Kuni kecha O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov milliy terma jamoamiz a’zolari bilan onlayn platforma orqali uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari, sportchilar, mutaxassislar yig‘in dasturi, mashg‘ulot jarayonlari, har bir sportchining ruhiy va jismoniy holati bo‘yicha hisobotlar tinglandi.
Ta’kidlanganidek, yig‘inning har bir kunidan unumli foydalanib, Osiyo o‘yinlari va jahon chempionatiga mukammal holatda yetib borish asosiy vazifa hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 11 nafar Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari, 20 nafar jahon chempionlari, 50 nafardan ziyod dunyo birinchiliklari sovrindorlari ishtirokida o‘tkazilayotgan xalqaro yig‘in 15-avgustga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA