Dunyoning mashhur dizaynerlari «O‘zbekiston san’at haftaligi»da
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017 yildan buyon mamlakatimizda 30 iyun – «Yoshlar kuni» sifatida keng nishonlanib kelmoqda. Joriy yilda ham iyun oyi respublikada «Yoshlar oyligi» deb e’lon qilindi. Oylik doirasida «mahalla – sektor – tuman – hudud – respublika» darajasida yoshlar festivallari va forumlari, intellektual tanlovlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari va gala konsertlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi va qator tashkilotlar hamkorligida «Butunjahon yoshlar festivali» doirasida «O‘zbekiston san’at haftaligi» bo‘lib o‘tdi.
Iste’dod sohiblarini birlashtirish, ularga motivatsiya berib, ijodiga ilhom bag‘ishlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda 5 ming nafarga yaqin ishtirokchi, jumladan, soha vakillari, jahon dizaynerlari, modellar, yoshlar va ijodkorlar ishtirok etdi.
[gallery-18046]
Haftalik tadbirlari davomida «Teplo market» loyihasining taqdimoti, alvon yo‘lakcha marosimi, «TALKS» rubrikasi, O‘zbekiston san’at namoyondalari bilan yoshlar uchrashuvi, foto va modalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Gulnoza Boboyeva, Nosirjon Haydarov(surat), O‘zA