Dunyo voqealari qisqa satrlarda
Rossiyada migrantlarning ishga joylashishi yanada soddalashtiriladi.
Rossiyada migrantlarning ishga joylashishi yanada soddalashtiriladi.
“Izvestiya“ nashrining yozishicha, Rossiyada migrantlarni ishga olayotgan korxonalarni rejali tekshiruvdan ozod etish taklif etilmoqda. Shu haqidagi qonun loyihasi 2020 yil kuzda Davlat Dumasiga taqdim etiladi.
***
Xalif Xaftar Tripoliga hujum uyushtirishga tayyorlanmoqda.
Liviyada tinchlik o‘rnatish muzokaralarida ishtirok etib, lekin hujjatlarni imzolamay Moskvani tark etgan Liviya milliy armiyasi (LMA) qo‘mondoni Xalifa Xaftar milliy kelishuv hukumati pozitsiyasiga navbatdagi hujumni uyushtirmoqchi, deb xabar beradi Turkiyaning Anadolu axborot agentligi. Ma’lum bo‘lishicha, hozir Xaftar armiyasi o‘z kuchlarini Tripoli janubiga to‘plamoqda.
***
Rossiya Shri-Lankaga harbiy texnikalar xarid qilishi uchun kredit ajratadi. Rossiya Shri-Lankaga oltita Su-30 qiruvchi samolyoti va bir nechta BTR-82A zirhli texnikalarini sotib olish uchun kredit ajratishga tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Kolumbiyaga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi, deyiladi “Kommersant’” nashri tarqatgan xabarda.Xabarda ta’kidlanishicha, Sergey Lavrov tashrifi chog‘ida Rossiya bilan Shri-Lankaning xalqaro maydonlarda pozitsiyalarini muvofiqlashtirib borishi muhimligini ta’kidlagan.
***
Eronda ilk bor Ukraina samolyotining halokatiga aloqador shaxs hibsga olindi. Hibsga olingan Eron harbiylari soni haqida ma’lum qilinmagan, boshqa tafsilotlar ham berilmagan. Bundan avvalroq Eron prezidenti Xasan Ruhoniy samolyotni urib tushirgan eronlik harbiylarni sud hukmiga tortilishiga va’da bergan edi.
****
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on agar Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalif Xaftar harbiy harakatlarni to‘xtatmasa Anqara unga saboq berib qo‘yishini ma’lum qildi.
“Agar Xaftar hujumni to‘xtatmasa unga saboq berib qo‘yamiz “, dedi Turkiya prezidenti adolat partiyasining parlament fraksiyasi qarshisidagi chiqishida.